FANLARARO INTEGRATSIYA PRINSIPLARI: INGLIZ TILINI O'QITISHDA INTEGRATSIYA USULLARI VA O'QITISH JARAYONIDAGI TURLARI
Abstract
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishda fanlararo integratsiyaning asosiy prinsiplari, usullari va o‘qitish jarayonidagi turlari tahlil qilinadi. Fanlararo integratsiya o‘quvchilarga bir nechta fanlardan olingan bilimlarni birlashtirib, ularni amaliyotda qo‘llashga yordam beradi. Maqolada, ingliz tilini o‘rgatishda integratsion yondashuvni qo‘llashning afzalliklari, o‘quvchilarda tizimli tafakkur, ijodiy fikrlash, tanqidiy qarorlar qabul qilish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot beriladi. Integratsiya usullari, jumladan, muammoli o‘qitish, loyiha metodi, multimodal yondashuv, kognitiv xaritalar va kooperativ o‘qitish metodlari, o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganish jarayonida muvaffaqiyatli qo‘llaniladi. Ushbu yondashuvlar ta’lim samaradorligini oshiradi va o‘quvchilarga bilimlarni birlashtirish orqali kengroq va tizimli ko‘nikmalarni egallash imkonini yaratadi.