Skip to main content
Other

A-373 AVTOMOBIL YO'LINING QAMCHIQ DOVONI QISMI MISOLIDA KO'CHKILARNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI: GLOBAL TAJRIBA, HUDUDIY TAHLIL VA MUHANDISLIK YECHIMLARI

Mirzaaxmedov Ja'farbekISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI 14M-25 Magistratura talabasiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida rivojlanayotgan ko‘chki jarayonlari tabiiy va antropogen omillar majmuasi asosida chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot davomida dunyo miqyosida tog‘li hududlardan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarida kuzatiladigan ko‘chki jarayonlari bo‘yicha zamonaviy ilmiy qarashlar umumlashtirilgan hamda ularning Qamchiq dovoni sharoitidagi namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlangan. Hududning geologik tuzilishi, geomorfologiyasi, gidrogeologik rejimi, iqlimiy sharoiti va transport infratuzilmasining o‘zaro ta’siri asosida ko‘chkilarning rivojlanish mexanizmi yoritilgan. Statistik kuzatuvlar, mavsumiy faollik va muhandislik-geologik baholash natijalari keltirilib, ko‘chki xavfini kamaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references