FIZIKA O'QITISH JARAYONIDA NANOTEXNOLOGIYA ELEMENTLARI SHAKLLANISHI METODIKASI
Abstract
Mazkur maqolada fizika fanini o‘qitish jarayonida nanotexnologiya elementlarini integratsiya qilishning dolzarbligi, metodlari va ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Nanotexnologiya zamonaviy fizikaning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u o‘quvchilarda atom va molekula darajasidagi jarayonlar, nanoo‘lcham tushunchasi hamda zamonaviy ilmiy qarashlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot nazariy tahlil va ilmiy adabiyotlar sharhi asosida olib borildi. Unda milliy ta’lim standartlari, xalqaro ilmiy maqolalar hamda nanotexnologiya ta’limiga oid ilg‘or tajribalar o‘rganildi. Fizika ta’limiga nanotexnologiya elementlarini kiritish fanlararo integratsiya, amaliy loyihalar va laboratoriya ishlari, raqamli simulyatsiyalar hamda konstruktivistik yondashuv asosida tahlil qilindi.