Skip to main content
Other

YAPON TILIDAGI OT SO'Z TURKUMIGA OID LEKSIK BIRLIKLARNI KOGNITIV METOD ASOSIDA O'QITISH

Arslonova Sarvinoz Baxtiyor qiziSamarqand davlat chet tillari instituti TalabasiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Mazkur ishda yapon tilidagi ot so‘z turkumiga oid leksik birliklarni o‘qitishda kognitiv metoddan foydalanish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda til birliklarini faqat grammatik shakl sifatida emas, balki inson tafakkuri va madaniy tajribasi bilan bog‘liq konseptual hodisa sifatida o‘rganish zarurligi asoslab beriladi. Yapon tilidagi otlarning semantik, konseptual va madaniy xususiyatlari tahlil qilinib, ularni o‘qitishda assotsiativ fikrlash, konseptual xaritalar, vizual obrazlar va madaniy kontekstga tayangan usullarning samaradorligi ko‘rsatib beriladi. Kognitiv metod asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni talabalarda leksik birliklarning chuqur ma’nosini anglash, ularni nutqiy vaziyatlarda to‘g‘ri qo‘llash hamda uzoq muddatli xotirada mustahkamlash imkonini yaratadi. Tadqiqot natijalari yapon tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etishda amaliy ahamiyatga ega.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references