O'SMIRLIK DAVRI INQIROZINING PSIXOLOGIK MOHIYATI VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI
Abstract
Ushbu tezisda o‘smirlik davri inqirozining psixologik mohiyati va rivojlanish qonuniyatlari tahlil qilinadi. O‘smirlik davri shaxs rivojlanishidagi murakkab bosqichlardan biri bo‘lib, unda biologik yetilish, ijtimoiy tajriba orttirish va shaxsiy identifikatsiya jarayonlari keskin faollashadi. Tezisda o‘smirning o‘zini anglash, mustaqillikka intilish, kattalar bilan munosabatlarda yuzaga keladigan ziddiyatlar hamda tengdoshlar guruhiga mansublik hissining shakllanishi yoritiladi. Shuningdek, rivojlanish qonuniyatlari sifatida hissiy beqarorlik, abstrakt fikrlashning rivojlanishi, qadriyatlar tizimining o‘zgarishi va ijtimoiy rolni anglash jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari o‘smirlik davrida yuzaga keladigan inqirozning tabiiy va zaruriy jarayon ekanini, ota-onalar hamda pedagoglarning psixologik qo‘llab-quvvatlashi esa sog‘lom shaxs sifatida shakllanishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.