DIOFANT TENGLAMALARINI YECHISHNING ELEMENTAR USULLARI
Abstract
Maqolada Diofant tenglamalarini yechishning elementar usullari tahlil qilinadi. Avvalo, umumiy ko‘rinishdagi chiziqli Diofant tenglamalarining yechim shartlari va yechimlar soni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, 2 ta noma’lumli chiziqli tenglamalar, modul bo‘yicha yechish usullari, hamda umumiy ko‘rinishda bo‘lgan kvadrat va yuqori darajali Diofant tenglamalarini yechishning asosiy printsiplari bayon etiladi. Misollar yordamida yechim jarayonlari amaliy tarzda namoyish etilib, yechimlarni tekshirish usullari ko‘rsatiladi. Natijada, Diofant tenglamalarini yechishda qo‘llaniladigan elementar metodlarning samaradorligi va amaliy ahamiyati tasdiqlanadi hamda muammo yechimiga olib boruvchi bosqichma-bosqich yondashuv umumlashtiriladi.