LAVLAGI (BETA VULGARIS)OʻSIMLIGINING BIOKIMYOVIY TAHLILINI AMALGA OSHIRISH VA UNING ASOSIDA TABIIY KOSMETOLOGIK PREPARAT OLISH
Abstract
Ushbu tadqiqotda lavlagi (Beta vulgaris) o‘simligining biokimyoviy tarkibi o‘rganilib, uning asosida tabiiy kosmetologik preparat ishlab chiqarish imkoniyatlari tahlil qilindi. Lavlagi ildizi va barglaridagi fenol birikmalar, flavonoidlar, betalainlar va vitamin C miqdori aniqlanib, ularning antioksidant faolligi baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, lavlagi ekstraktlari yuqori antioksidant faollikka ega bo‘lib, teri hujayralarini erkin radikallardan himoya qiladi. Ushbu xususiyatlar kosmetika sanoatida tabiiy va xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarish uchun istiqbolli manba ekanligini tasdiqlaydi. Shuningdek, tadqiqotda lavlagi ekstrakti asosida yuz kremi, tonik va serum formulalari ishlab chiqildi va ularning stabilik hamda teri xavfsizligi tekshirildi.