INGLIZ TILINI IKKINCHI TIL SIFATIDA O'ZLASHTIRISH JARAYONIDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR VA RIVOJLANTIRUVCHI OMILLAR
Abstract
Ushbu maqolada bugungi globallashuv davrida ko‘plab mamlakatlarda ikkinchi til sifatida eng ko‘p o‘rganilayotgan ingliz tili haqida ma’lumotlar keltiriladi. Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar hamda ularning sabab va yechimlari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan bir qatorda, ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘rganishning foydali va ijobiy jihatlari isbotlar asosida yoritiladi. Ingliz tilini tez va samarali o‘rganishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar haqida ham so‘z yuritiladi. Tadqiqotlarda motivatsiya ikkinchi til o‘rganish samaradorligini oshiruvchi muhim omil sifatida ko‘rsatiladi. Ona tili ta’siri ayrim fonetik va grammatik xatolarga sabab bo‘lishi mumkinligi qayd etiladi. Kommunikativ yondashuv zamonaviy ta’limda ko‘proq qo‘llanilib, yaxshi natija berishi ta’kidlanadi. Dunyoda ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘rganayotganlar soni ortib borayotgani ham statistika orqali tasdiqlanadi. Ingliz tili xalqaro muloqot vositasi sifatida keng qo‘llanilayotgani esa uning ahamiyatini kuchaytiradi.