Skip to main content
Other

BOSHLANG'ICH MAKTAB KURSIDA UCHBURCHAKLARGA OID TEOREMALARNI O'RGATISHNING ZAMONAVIY VA SAMARALI USULLARI

Nuriddinova Oyshaxon A'zamjon qiziQo'qon universiteti Andijon filiali Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 25_05-guruh talabasiAxmedova Dilnoza Xabibullo qiziQo'qon universiteti Andijon filiali Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi o'qituvchisi, ilmiy rahbarWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf matematika ta’limida uchburchak teoremalarini o‘qitishga doir zamonaviy pedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi. Maqolada an’anaviy yodlashga asoslangan o‘qitish usullari bilan kashfiyotga yo‘naltirilgan. Induktiv yondashuv, dinamik geometriya vositalari va hayotiy analogiyalar asosida tushuntirish usullarining o‘quvchilarning mantiqiy tafakkuri hamda fazoviy tasavvurini rivojlantirishdagi o‘rni sharhlanadi. GeoGebra dasturidan foydalanish tajribasi mavjud ilmiy-metodik manbalar asosida umumlashtiriladi. Shuningdek, muammoli vaziyatlar va provokatsion savollar orqali tanqidiy fikrlashni shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada grafik organayzerlar va vizual isbotlarning didaktik samaradorligi tahlil qilinadi. Keltirilgan tajriba-sinov natijalari AKT vositalari asosida tashkil etilgan darslarning natijadorligini tasdiqlaydi. Sharh davomida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur maqola geometriya ta’limini takomillashtirishga qaratilgan metodik qarashlarni tizimli yoritib beradi. Ushbu maqolada geometriya kursining "yuragi" hisoblangan uchburchaklar va ularga oid teoremalarni o‘quvchilarga sodda, qiziqarli va xotirada qoladigan usullar bilan o‘rgatish metodikasi tahlil qilinadi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references