TO'RTTA NUQTANING MURAKKAB (QO'SH ANGARMONIK) NISBATI
Abstract
Maqolada to‘rtta nuqtaning murakkab (qo‘sh angarmonik) nisbati tushunchasi, uning xossalari va geometrik ahamiyati tahlil qilinadi. Murakkab nisbati orqali nuqtalar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik va ular bilan aniqlanadigan transformatsiyalar, xususan, Möbius (linеar-fraqtsional) transformatsiyalarining xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, murakkab nisbati yordamida chiziqlar va doiralar tasnifi, ularning bir-biriga mos kelishi, shuningdek, uchburchak va to‘rtburchaklarning o‘lchamlari hamda burchaklar saqlanishi masalalari yoritiladi. Misollar orqali murakkab nisbatning amaliy qo‘llanilishi namoyish etilib, uni geometrik masalalarni yechishda qo‘llashning samaradorligi ko‘rsatiladi. Natijada, to‘rtta nuqtaning murakkab nisbati orqali murakkab tekislikdagi ko‘plab geometrik munosabatlarni umumlashtirish va tahlil qilish imkoniyati tasdiqlanadi.