Skip to main content
Other

Home / Archives / Vol. 11 No. 2 (2026): ILM FAN XABARNOMASI / Articles RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR RIVOJINING SHAXS PSIXIKASIGA TA'SIRI

Amrullayeva Xosiyat Norbobo qiziShahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya yo'nalishi 1-bosqich talabasiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar rivojining shaxs psixikasiga ko‘rsatadigan ta’siri zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi inson hayotining barcha sohalariga, xususan, kognitiv jarayonlar, emotsional holat, shaxslararo muloqot va ijtimoiy xulq-atvorga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda raqamli muhitda uzoq vaqt faoliyat yuritishning diqqat, xotira, tafakkur tezligi hamda psixologik barqarorlikka ta’siri yoritiladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar va virtual kommunikatsiya vositalarining shaxsning o‘zini anglash jarayoni va identifikatsiyasiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslanadi. Maqolada raqamli texnologiyalarning ijobiy imkoniyatlari bilan bir qatorda, psixologik qaramlik, axborot ortiqligi, emotsional charchoq kabi salbiy holatlar ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanish, psixologik salomatlikni saqlash va shaxs rivojini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references