MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQ NUQSONI BO'LGAN BOLALARDA FONETIK-FONEMATIK KAMCHILIKLARNI BARTARAF ETISH TEXNOLOGIYALARI
Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tizimida nutą nuqsoniga ega bolalarda fonetik-fonematik kamchiliklarni bartaraf etish masalasi yoritilgan. Tadqiqotda fonetik-fonematik kamchiliklarning nutq rivojiga salbiy ta'siri, ularni erta aniqlash va korreksiya gilishning pedagogik ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, fonematik eshituvni rivojlantirish, tovushlarni idrok etish va nutąda to'g'ri qo'llashga qaratilgan zamonaviy logopedik texnologiyalarning mazmuni ochib beriladi. Individual va guruh mashg'ulotlarini uyg'unlashtirgan holda olib borilgan logopedik ishlarning samaradorligi eksperimental tadqiqot asosida yoritilib, fonetik-fonematik kamchiliklarni kamaytirishda kompleks yondashuvning afzalliklari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta'lim muassasalarida logopedik ishlarni tashkil etishda amaliy ahamiyatga ega.