RAHBARLARDA BOSHQARUV KOMPONENTLARINING SHAKLLANISHI
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada rahbar shaxsida boshqaruv komponentlarining shakllanish jarayoni kompleks va tizimli yondashuv asosida tadqiq etiladi. Tadqiqot doirasida rahbarlik faoliyatining samaradorligini belgilovchi asosiy boshqaruv komponentlari — strategik fikrlash, tashkiliy-boshqaruv ko‘nikmalari, shaxslararo muloqot madaniyati, psixologik barqarorlik, liderlik fazilatlari hamda raqamli kompetensiyalarning mazmuni va ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada rahbarlarda boshqaruv komponentlarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, jumladan, ta’lim va malaka oshirish tizimi, amaliy boshqaruv tajribasi, mentoring va coaching mexanizmlari, shuningdek, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar ta’siri keng yoritilgan. Boshqaruv komponentlarining rivojlanishi rahbarning qaror qabul qilish samaradorligi, jamoani motivatsiyalash qobiliyati va tashkilot faoliyatining barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni asoslab berilgan.