BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA SLENGLARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI
Abstract
Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqida uchrayotgan sleng so‘zlar ko‘lamining kengayishi, uning og‘zaki va yozma nutqqa salbiy ta’siri ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Slengning ta’lim jarayonidagi o‘rni, o‘quvchi nutqining shakllanishi bosqichlarida yuzaga keladigan leksik xatoliklar va ularni oldini olishning samarali metodlari yoritiladi. Boshlang‘ich ta’limda nutq madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tizimli yondashuv, interfaol metodlar, kommunikativ yondashuv va raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot davomida o‘qituvchi faoliyatida nazorat-diagnostika, kuzatish, suhbat, ijodiy topshiriqlarni qo‘llash orqali sleng so‘zlarni kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Jumladan, slengni bartaraf etishning metodik asoslari, pedagogik mexanizmlari hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida adabiy nutqni shakllantirishning samarali yo‘llari bayon etilgan.