O'ZBEK TILINING DAVLAT TILI SIFATIDAGI HUQUQIY MAQOMI VA UNING IJTIMOIY-LINGVISTIK AHAMIYATI
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi huquqiy maqomi va uning ijtimoiy-lingvistik ahamiyati kompleks tarzda tahlil etiladi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni, unga kiritilgan o‘zgartishlar, rasmiy hujjatlar tiliga qo‘yilgan talablar hamda davlat tilining jamiyatdagi funksional roli ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, til siyosatining milliy o‘zlikni shakllantirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va ijtimoiy integratsiyani ta’minlashdagi o‘rni ijtimoiy-lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Maqola natijalari o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy xulosalarni shakllantirish imkonini beradi.