OʻZBEK TILI TARIXIDA ANTROPONIMLARNING LINGVOMADANIY OʻRNI (ISLOMGACHA BOʻLGAN DAVR)
Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek tili tarixida antroponimlarning lingvomadaniy ahamiyati islomgacha bo‘lgan davr misolida tahlil qilinadi. Antroponimlarning insonning dunyoqarashi, qadriyatlari, diniy tasavvurlari, ijtimoiy maqomi va milliy mentaliteti bilan uzviy bog‘liqligi aniqlanadi. Shuningdek, islomgacha bo‘lgan davr antroponimlarida tabiat hodisalari, hayvonot olami, qahramonlik, kuch-qudrat, ezgulik kabi konseptlarning aks etishi lingvokulturologik nuqtai nazardan izohlanadi. Tadqiqot natijalari antroponimlarning faqat nominativ birlik emas, balki xalqning tarixiy xotirasi va madaniy identifikatsiyasini ifodalovchi muhim lingvistik fenomen ekanini asoslab beradi. Maqola xulosalaridan tarixiy tilshunoslik, onomastika va lingvomadaniyatshunoslik yo‘nalishlarida foydalanish imkoniyatlari yoritib beriladi.