GLOBALLASHUV SHAROITIDA BOSHLANG'ICH SINIF O'QUVCHILARINI G'OYAVIY TAHDIDLARDAN HIMOYA QILISHNING IJTIMOIY-MA'NAVIY TEXNOLOGIYALARI
Abstract
Maqolada globalizatsiya va axborotlashtirish davrida boshlang'ich ta'lim o'quvchilarini g'oyaviy tahdidlardan himoya qilishning ijtimoiy-ma'naviy texnologiyalari kompleksi tahlil etilgan. Global tahdidlarning zamonaviy xususiyatlari, ularning bolalar psixologiyasiga tasiri va milliy qadriyatlar asosida shakllantirilgan himoya mexanizmlari nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. O'zbekistonta'lim rivojlanish strategiyasidagi ma'naviy-ma'rifiy vazifalarni hisobga olgan holda, ijtimoiy filtrlash tizimlari, ma'naviy immunitet shakllantirish texnologiyalari va pedagogik praktikalarning sinergetik modeli taklif etilgan. Guliston shahar maktablarida o'tkazilgan tajriba natijalari asosida texnologiyalar samaradorligi ilmiy asoslangan.