BOLALARDA BRONXIAL ASTMANING ERTA DIAGNOSTIKASI
Abstract
Bronxial astma bolalar orasida keng tarqalgan surunkali nafas yo‘llari kasalligi bo‘lib, uning erta bosqichda aniqlanishi kasallikning og‘ir kechishini oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda ekologik omillar, allergenlar ta’sirining kuchayishi, irsiy moyillik va immun tizimidagi o‘zgarishlar tufayli bolalarda bronxial astma bilan kasallanish holatlari ortib bormoqda. Ushbu ilmiy maqolada bolalarda bronxial astmaning erta diagnostikasi masalalari, klinik belgilar, zamonaviy tashxis usullari, funksional tekshiruvlar va laborator ko‘rsatkichlarning ahamiyati batafsil yoritilgan. Tadqiqot davomida mavjud ilmiy adabiyotlar tahlil qilinib, bronxial astmani erta aniqlashda kompleks yondashuv zarurligi asoslab berildi. Maqola natijalari pediatrlar, oilaviy shifokorlar va tibbiyot talabalari uchun amaliy ahamiyatga ega.