THE INFLUENCE OF NUTRITION ON THE FORMATION OF PANCREATIC ENZYME SECRETION AND HOMEOSTASIS IN RATS OF DIFFERENT AGES DURING POSTNATAL ONTOGENESIS
Abstract
Turli yoshdagi kalamushlar me'da osti bezi fermentlar sekretsiyasi va gomeostazining shakllanishga oziqlanishning ta'sirini o'rganishdan iborat. Tajribalar institut vivariysidagi turli yoshdagi (15 kunlik, 1 oylik, 1.5 oylik, 2 oylik, 3 oylik va 4 oylik) oq, zotsiz, erkak kalamushlarda bajarilgan. Kalamushlar me'da osti bezi gomogenati va qonidagi amilolitik va lipolitik faolliklar o'rganilgan. Olingan natijalarga ko'ra kalamushlar yoshi ulg'aygan sari me'da osti bezi to'qimasi amilolitik faolligining ortish keskinligi yuqoriroq darajada amalga oshdi. Yosh kalamushlarda yetuklariga nisbatan amilolitik fermentning qonga inkretsiya darajasi yuqoriroq bo'ldi. Kuzatuvimizdagi kalamushlarning har bir yoshga ulg'ayishi davomida ma'lum darajada lipolitik faollikni bir xil ortishi kuzatildi. Oqsilga boy ovqat bilan ozuqlantirilgan kalamushlarda har ikkala fermentlar (amilaza, lipaza) faolligining postnatal ontogenezda shakllanishi tezlashdi.