Skip to main content
Other

ROMITAN TUMANI TURIZM SALOHIYATI: ZIYORAT, EKOTURIZM VA BARQAROR RIVOJLANISH STRATEGIYASI

Baxtiyorova NilufarBuxoro davlat universiteti Turizm va mehmondo'stlik yo'nalishi 2-bosqich magistriWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Ushbu maqolada Buxoro viloyatining Romitan tumanining mavjud turizm salohiyati har tomonlama tahlil qilingan. Tahlil natijalariga ko‘ra, tuman turizmi asosan ziyorat turizmi va ekoturizm yo‘nalishlarida yuqori rivojlanish potensialiga ega ekanligi asoslanadi. Maqolada Naqshbandiya tariqatining asosiy maskanlari (Xoʻja Ali Romitaniy va Xoʻja Muhammad Boboyi Samosiy) Romitanga ziyoratchilar oqimini ta'minlovchi asosiy omil sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, "Bukhara Desert Oasis & Spa" kabi zamonaviy ekoturizm klasterining tashkil etilishi hududning choʻl turizmi va rekreatsiya salohiyatini sezilarli darajada oshirgani qayd etilgan. Maqola Romitan tumani turizm resurslarini (tarixiy, diniy va tabiiy) barqaror rivojlantirish uchun infratuzilmani kengaytirish, kadrlar tayyorlash va samarali marketing strategiyalarini joriy etish zarurligini ta'kidlaydi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references