GRAMMATIKA MAVZULARINI O'QITISHDA INTERFAOL USULLAR
Abstract
Mazkur maqolada ona tili fanida grammatika mavzularini o‘qitishda interfaol usullardan foydalanishning nazariy-metodik asoslari yoritiladi. Tadqiqot jarayonida grammatika ta’limining an’anaviy yondashuvlari va zamonaviy interfaol metodlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning o‘quvchilarning grammatik bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdagi samaradorligi ochib beriladi. Interfaol usullarning o‘quvchilar faolligini oshirish, mustaqil va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, grammatik qoidalarni ongli ravishda o‘zlashtirish hamda ularni amaliy nutq jarayonida qo‘llashga yo‘naltirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, grammatika darslarida “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Muammoli vaziyat”, “Rol o‘ynash” kabi metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarda grammatik kompetensiyani shakllantirish imkoniyatlari ilmiy-uslubiy jihatdan asoslanadi. Maqolada keltirilgan xulosalar ona tili darslarini tashkil etishda interfaol yondashuvlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.