PSIXOLOGIK YORDAM JARAYONIDA ASOSIY KONSEPSIYA VA USULLARDAN FOYDALANISH
Abstract
Mazkur maqolada psixologik yordam ko‘rsatish jarayonida keng qo‘llaniladigan asosiy nazariy konsepsiyalar va amaliy usullar tahlil qilinadi. Xususan, neobixeviorizm, kognitivizm hamda ekzistensial-gumanistik yondashuvlarning psixologik yordamdagi o‘rni va imkoniyatlari yoritiladi. Neobixevioristik yondashuv inson xulq-atvorini o‘zgartirishda tashqi ta’sir va mustahkamlash mexanizmlariga tayanadi. Kognitiv yondashuv esa shaxsning fikrlash jarayonlari, noto‘g‘ri e’tiqod va kognitiv buzilishlarni aniqlash hamda ularni ijobiy tomonga yo‘naltirishga qaratilgan. Ekzistensial-gumanistik yondashuv insonning ichki dunyosi, hayot mazmuni, shaxsiy tanlov va o‘zini anglash masalalariga alohida e’tibor beradi. Ushbu konsepsiyalarni kompleks qo‘llash psixologik yordam samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.