Skip to main content
Other

ZAMONAVIY INGLIZ TILIDA VIJDON TUSHUNCHASINI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIK VOSITALAR

Raximova Shodiya Shuxrat qiziUrganch RANCH texnologiya universiteti Jahon tillari kafedrasi dotsent v.bXojibayev Otabek Ravshanbek o'g'liUrganch RANCH texnologiya universiteti Jahon tillari kafedrasi Lingvistika (ingliz tili) yo'nalishi 2-bosqich magistrantiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy ingliz tilida vijdon tushunchasini ifodalovchi frazeologik birliklarning semantik, madaniy va axloqiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Vijdon — insonning ichki axloqiy nazoratchisi sifatida, o‘z xatti-harakatlariga baho berish mezoni hisoblanadi. Ingliz tilida ushbu tushuncha “clear conscience” (toza vijdon), “weigh on one’s conscience” (vijdon azobi bilan yashamoq), “prick one’s conscience” (vijdonni qiynamoq) kabi frazeologik vositalar orqali ifodalanadi. Tadqiqot davomida ushbu iboralar semantik guruhlar asosida o‘rganilib, ular orqali ingliz xalqining axloqiy qarashlari, halollik va javobgarlik haqidagi tasavvurlari yoritiladi. Maqolada frazeologizmlarning lingvokulturologik mazmuni, ya’ni ularning madaniy, diniy va adabiy ildizlari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ingliz tilidagi vijdon bilan bog‘liq frazeologizmlar faqat tildagi barqaror birikmalar emas, balki xalqning axloqiy va madaniy tafakkurining in’ikosi sifatida namoyon bo‘ladi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references