Skip to main content
Other

ESSENSIAL TREMORDA PSIXO-EMOTSIONAL BUZILISHLAR TREMORNI KUCHAYTIRUVCHI OMIL SIFATIDA

Jumaniyazov Shodlik BaxtiyorovichUrganch RANCH UniversitetiAllaberganova BonuUrganch RANCH UniversitetiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Essensial tremor (ET) — eng keng tarqalgan harakat buzilishlaridan biri bo‘lib, postural va kinetik tremor bilan namoyon bo‘ladi. Keyingi yillarda ET faqat motor sindrom emas, balki motor bo‘lmagan simptomlar bilan kechuvchi kompleks neyropsixologik fenotip ekani haqidagi qarashlar kengaymoqda. Ushbu maqolada essensial tremorli bemorlarda psixo-emotsional buzilishlar (ayniqsa stress va xavotir)ning tarqalishi, ularning tremor og‘irligi va hayot sifatiga ta’siri hamda korrektsiya qilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Standartlashtirilgan shkalalar (TETRAS/FTM, HADS, GAD-7, PSS, QUEST) asosida tahlil qilinayotgan dalillar stress va xavotir tremorni kuchaytiruvchi muhim trigger ekanini ko‘rsatadi. Psixoemotsional skrining va multidisiplinar korrektsiya (psixota’lim, CBT, relaksatsiya va mindfulness) ET boshqaruvida muhim yo‘nalish sifatida tavsiya etiladi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references