TASVIRIY SAN'AT DARSLARIDA MAHALLIY TARIXIY-ME'MORIY OBIDALAR ASOSIDA VATANPARVARLIK TARBIYASI
Abstract
Mazkur maqolada tasviriy san’at darslarida mahalliy tarixiy-me’moriy obidalardan foydalanish orqali o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda tasviriy san’at ta’limining tarbiyaviy ahamiyati, uning milliy qadriyatlar, tarixiy meros va estetik tarbiya bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, Sirdaryo viloyati hududidagi tarixiy-me’moriy ob’ektlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish orqali o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash, vatanga muhabbat va estetik didni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot jarayonida tahlil, qiyoslash, pedagogik kuzatuv va ilmiy manbalarni o‘rganish usullaridan foydalanilgan. Olingan natijalar tasviriy san’at darslarida mahalliy tarixiy obidalardan maqsadli foydalanish o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshirish, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda samarali ekanini tasdiqladi. Maqolada olingan xulosalar tasviriy san’at ta’limi amaliyotida qo‘llash uchun tavsiya etiladi.