Skip to main content
Other

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MADANIYATLARARO MULOQOTNI SHAKLLANTIRISHDA TA'LIM VOSITALARINING ROLI

Tenglashev Mehriddin Qo`rg`onovichOsiyo xalqaro universiteti, Pedagogika yo`nalishi magistrantiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
Open MINDrepository2026
ABI

Abstract

Mazkur maqolada globallashuv sharoitida madaniyatlararo muloqotni shakllantirishda ta’lim vositalarining roli yillar kesimida qiyosiy tahlil asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda turli davrlarda qo‘llanilgan an’anaviy va zamonaviy ta’lim vositalarining madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishdagi samaradorligi solishtiriladi. Xususan, o‘tmish davr ta’lim amaliyotlarida madaniyatlararo muloqot asosan nazariy va cheklangan axborot manbalari orqali shakllangan bo‘lsa, bugungi kunda raqamli texnologiyalar, multimedia resurslar va onlayn muloqot platformalari orqali ushbu jarayon sezilarli darajada faollashgani aniqlanadi. Tadqiqot natijalari yillar davomida ta’lim vositalarining rivojlanishi madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarining mazmuni, shakli va sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatganini ko‘rsatadi. Shuningdek, ta’lim vositalaridan samarali foydalanish orqali madaniyatlararo kompetensiyalarni tizimli shakllantirish imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references