Skip to main content
Other

SPORT SOHASIDA PSIXOLOGIK ISH

Xidirova Fazilat Ahmad qiziShahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya yo'nalishi 1-bosqich talabasiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Mazkur maqolada sport sohasida psixologik ishlarni tashkil etishning nazariy-metodologik asoslari hamda ularning amaliy ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Sport faoliyati nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki sportchining psixologik barqarorligi, irodaviy sifatlari va motivatsion holati bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Shu bois sport psixologiyasi sport natijalarini oshirishda muhim omil sifatida qaraladi. Tadqiqotda sportchilar bilan olib boriladigan psixologik ishlarning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, stressni boshqarish, musobaqa oldi va musobaqa jarayonidagi emotsional holatni nazorat qilish, diqqat va irodani shakllantirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, murabbiy va sportchi o‘rtasidagi psixologik hamkorlikning samaradorligi ham tahlil qilinadi. Ilmiy-nazariy yondashuvlar asosida sport psixologik tayyorgarligining tizimli modeli taklif etiladi. Maqola xulosalari sport psixologlari, murabbiylar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun amaliy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalari sportchilarni tayyorlash jarayonida psixologik ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references