Skip to main content
Other

SUT TISHLARINI ASRASH STRATEGIYALARI VA BOLALARDA TISH GIGIYENASI

Mashrabov Nematillo O'rmonbek o'g'liQo'qon Universtiteti Andijon filiali Tibbiyot fanlar fakulteti Stomatologiya yo'nalish talabasiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Ushbu annotatsiyada bolalarda sut tishlarini asrash strategiyalari va ogʻiz gigiyenasi bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar yoritib beriladi. Sut tishlari bolaning toʻgʻri chaynashi, nutqi, estetik koʻrinishi va doimiy tishlarning rivojlanishi uchun muhim poydevor hisoblanadi. Shu sababli ularni toʻgʻri parvarish qilish va gigiyena ko‘nikmalarini erta yoshdan shakllantirish alohida ahamiyatga ega. Sut tishlarini asrashning asosiy strategiyalari qatorida muntazam ravishda kuniga ikki mahal tish yuvish, florli tish pastasidan me’yorida foydalanish, to‘g‘ri ovqatlanish tartibini shakllantirish hamda shirinliklarni cheklash muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, bolalarni erta yoshdan stomatolog ko‘rigiga olib borish, karyesning ilk belgilari paydo bo‘lishidan oldin profilaktik choralarni ko‘rishga yordam beradi. Og‘iz gigiyenasini shakllantirishda ota-onaning shaxsiy namunasi, muntazam nazorati va tarbiyaviy yondashuvi katta ahamiyatga ega. Ushbu strategiyalarni samarali qo‘llash orqali sut tishlarining sog‘lom saqlanishi, kelajakdagi doimiy tishlar rivojlanishining mustahkamligi ta’minlanadi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references