Skip to main content
Other

VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN BEZORILIK JINOYATLARINING KRIMINOLOGIK TAVSIFI

Valiboyev Izzatbek To'xtasin o'g'liChirchiq shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsultiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
Open MINDrepository2026
ABI

Abstract

Mazkur maqolada jamiyat barqaror taraqqiyotiga jiddiy tahdid soluvchi ijtimoiy hodisalardan biri — jinoyatchilik, xususan voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan bezorilik jinoyatlarining kriminologik va huquqiy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini barvaqt oldini olish, uning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash hamda samarali profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bezorilik jinoyatlarining yuzaga kelishida shaxsning yoshi, jinsi, ta’lim darajasi, ijtimoiy muhit, nazoratning yetarli emasligi hamda spirtli ichimliklar va boshqa salbiy omillarning ta’siri kompleks tahlil etilgan. Ilmiy manbalar va amaliy statistik ma’lumotlar asosida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan bezorilik jinoyatlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularni keltirib chiqaruvchi omillar hamda jinoyat sodir etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitlar ochib berilgan.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references