Skip to main content
Other

VILGELM VUNDT PSIXOLOGIYA MAKTABINING ILMIY AHAMIYATI

Tirkashova Umida Rustam qiziShahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya yo'nalishi 1-bosqich talabasiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Mazkur maqolada Vilgelm Vundt asos solgan psixologiya maktabining shakllanishi, metodologik yondashuvlari hamda jahon psixologiya fanidagi ilmiy ahamiyati kompleks tarzda tahlil qilinadi. Vundt psixologiyani mustaqil ilmiy fan sifatida ajratib, uni tajribaviy asosda o‘rganish zarurligini ilmiy jihatdan asoslab bergan ilk olimlardan biridir. Uning 1879-yilda leypsig universitetida tashkil etgan eksperimental laboratoriyasi psixologiya tarixida tub burilish yasadi. Mazkur maktab doirasida ong hodisalarini ilmiy kuzatish, tajriba va introspeksiya usullari orqali tahlil qilish tamoyillari ishlab chiqildi. Tadqiqotda vundt maktabining asosiy ilmiy g‘oyalari, xususan, psixik jarayonlarning tuzilishi, ong elementlari va ularning o‘zaro bog‘liqligi masalalari yoritiladi. Shuningdek, ushbu maktabning keyingi psixologik yo‘nalishlar — strukturalizm, funksionalizm va eksperimental psixologiya rivojiga ko‘rsatgan ta’siri ochib beriladi. Maqolada vundt qarashlarining zamonaviy psixologiya fanidagi metodologik ahamiyati hamda uning ilmiy merosining dolzarbligi ilmiy-nazariy asosda baholanadi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references