Skip to main content
Other

BIXAVILZM PSIXOLOGIYA FANIDA INQILOBIY YO'NALISH SIFATIDA

Zafarova Farina Ilhom qiziShahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya yo'nalishi 1-bosqich talabasiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Ushbu maqolada bixeviorizm psixologiya fanida XX asr boshlarida shakllangan va ilmiy tafakkur taraqqiyotida tub burilish yasagan inqilobiy yo‘nalish sifatida tahlil qilinadi. Bixeviorizm inson psixikasini o‘rganishda subyektiv hodisalar — ong, his-tuyg‘u va introspeksiyani ilmiy tadqiqot predmeti sifatida cheklab, faqat tashqi kuzatiladigan xulq-atvorni obyektiv o‘rganishni asosiy metodologik tamoyil sifatida ilgari surdi. Ushbu yondashuvning nazariy poydevori amerikalik olim J.B. Uatson tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u psixologiyani tabiiy fanlar qatoriga olib chiqishni maqsad qilgan. Keyinchalik bixeviorizm g‘oyalari B. F. Skinner tomonidan operant shartlanish nazariyasi orqali yanada rivojlantirildi. Mazkur yo‘nalish ta’lim psixologiyasi, pedagogika, mehnat psixologiyasi va klinik amaliyotda keng qo‘llanilib, rag‘bat va jazoga asoslangan o‘rganish mexanizmlarini ilmiy asoslab berdi. Maqolada bixeviorizmning kuchli jihatlari bilan bir qatorda, uning insonning ichki psixik jarayonlarini yetarlicha qamrab olmasligi bilan bog‘liq metodologik cheklovlari ham tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari bixeviorizm psixologiya fanining empiriklashuvi va eksperimental metodlarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etganini ko‘rsatadi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references