OG'IZDAGI BAKTERIYALAR VA SURUNKALI YALLIG'LANISHLARNING QANDLI DIABET VA METABOLIK SINDROM RIVOJLANISHIDAGI ROLI
Abstract
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, og‘izdagi bakteriyalar va surunkali yallig‘lanishlar qandli diabet va metabolik sindrom rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Periodontit va boshqa surunkali og‘iz yallig‘lanishlari natijasida hosil bo‘lgan bakterial endotoksinlar va yallig‘lanish mediatorlari insulin qarshiligi va glyukoza metabolizmi buzilishiga olib keladi. Shu bilan birga, og‘iz mikrobiomasidagi nomutanosiblik (dysbiosis) organizmda surunkali yallig‘lanish jarayonlarini kuchaytirib, metabolik sindrom komponentlarini, jumladan, qonda lipid darajasi oshishi, arterial qon bosimi ko‘tarilishi va vazn ortishiga ta’sir qiladi. Shu sababli, og‘iz salomatligini saqlash va periodontitni vaqtida davolash qandli diabet va metabolik sindromning rivojlanish xavfini kamaytirishda muhim strategiya hisoblanadi [1, 2, 3].