Skip to main content
Other

NERV SIGNALLARINI (AKS POTENTSIAL) MATEMATIK MODELLASHTIRISH

Sunnatova Dilfuza AbatovnaToshkent Farmatsevtika Instituti katta o'qituvchiTursunova Zuxra BotirovnaToshkent Farmatsevtika Instituti katta o'qituvchiIsmatova Moxiraxon Abror qiziToshkent Farmatsevtika Instituti magistrWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Ushbu maqolada nerv signallarining asosiy ko‘rinishi bo‘lgan aks potentsialni matematik modellashtirish masalasi o‘rganildi. Tadqiqotda neyron membranasida yuzaga keladigan bioelektrik jarayonlarning nazariy asoslari tahlil qilinib, ularni matematik ifodalash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Differensial tenglamalarga asoslangan yondashuv yordamida aks potentsialning shakllanish bosqichlari, ion kanallarining faolligi hamda membrana potentsialining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi izohlandi. Olingan natijalar matematik modellashtirish nerv tizimida kechadigan murakkab jarayonlarni tushunishda muhim ilmiy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Mazkur tadqiqot hisoblash neyrobiologiyasi va biofizika sohalarida nazariy tadqiqotlar uchun metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references