MANTIQIY O'YINLAR ORQALI O'QUVCHILARDA MATEMATIK FIKRLARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Abstract
Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida mantiqiy o‘yinlardan foydalanish orqali o‘quvchilarda matematik fikrlashni shakllantirish metodikasi yoritilgan. Tadqiqot jarayonida mantiqiy o‘yinlarning turlari, ularning didaktik imkoniyatlari hamda matematik tushunchalarni anglashdagi o‘rni tahlil qilindi. Shuningdek, o‘yin asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarning o‘quvchilarning tahliliy, mantiqiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalariga ta’siri aniqlangan. Tadqiqotda kuzatuv, tajriba-sinov va taqqoslash metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, mantiqiy o‘yinlar asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning matematik masalalarni mustaqil yechish qobiliyatini, mantiqiy xulosalar chiqarish malakasini hamda fanga bo‘lgan qiziqishini sezilarli darajada oshiradi. Mazkur metodika matematika ta’limi samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi va amaliyotga joriy etish uchun tavsiya etiladi.