RAQAMLI MUHITDA BOLALAR PSIXOLOGIYASI RIVOJLANISH MUAMOLARI
Abstract
Mazkur maqolada raqamli muhit sharoitida voyaga yetayotgan bolalar psixologik rivojlanishining dolzarb muammolari ilmiy-nazariy va tahliliy jihatdan yoritiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi bolalarning kognitiv, emotsional va ijtimoiy taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda raqamli qurilmalardan me’yoridan ortiq foydalanish natijasida yuzaga keladigan psixologik holatlar, jumladan, diqqatning susayishi, emotsional beqarorlik, ijtimoiy izolyatsiya, virtual muhitga psixologik qaramlik kabi holatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada raqamli muhitning bolalar tafakkuri, nutq rivoji, o‘zini anglash jarayoni hamda shaxslararo munosabatlarga ta’siri ilmiy manbalar va kuzatuvlarga tayangan holda ochib beriladi. Tadqiqot davomida zamonaviy psixologiya va pedagogika yondashuvlari asosida muammoning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar ham taklif etiladi. Maqola natijalari ta’lim tizimi mutaxassislari, psixologlar hamda ota-onalar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, bolalar psixikasini raqamli xavflardan himoyalash hamda sog‘lom rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.