Skip to main content
Other

GRAFIK DIZAYN VA ILLUSTRATSIYADA O'ZBEK AMALIY SAN'ATI NAQSHLARIDAN FOYDALANISH

Aziza Shodmonova Shokir qiziGuliston davlat pedagogika instituti "Tasviriy san'at" yo'nalishi magistrantiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Mazkur ilmiy tadqiqot grafik dizayn va ilustratsiya sohalarida o‘zbek amaliy san’ati naqshlaridan foydalanishning estetik, madaniy va funksional jihatlarini kompleks tarzda o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda milliy naqshlarning kelib chiqishi, ularning ramziy mazmuni hamda tarixiy shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. Shuningdek, an’anaviy bezak elementlarining zamonaviy grafik dizayn muhitiga integratsiyalashuvi, raqamli texnologiyalar asosida qayta talqin qilinishi va vizual kommunikatsiyadagi o‘rni yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek amaliy san’ati naqshlari dizayn mahsulotlarida qo‘llanilganda milliy identitetni kuchaytirish, vizual jozibadorlikni oshirish va madaniy merosni asrab-avaylashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu ilmiy ish grafik dizayn mutaxassislari, ilustratorlar va san’atshunoslar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references