Skip to main content
Other

YUQORI SINFLARDA EVENT TEXNOLOGIYASI ASOSIDA TARBIYA DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI

E'zoza Narzullayeva Shavkat qiziGuliston davlat pedagogika instituti magistrantiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
Open MINDrepository2026
ABI

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida tarbiya darslarini samarali tashkil etishda event texnologiyasining pedagogik va metodik imkoniyatlari keng yoritilgan. Tadqiqotda event texnologiyasining nazariy asoslari, uning tarbiyaviy jarayondagi o‘rni, shuningdek o‘quvchilarning shaxsiy, ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishiga ta’siri batafsil tahlil qilinadi. Maqolada event texnologiyasiga asoslangan tarbiyaviy faoliyat turlari – interaktiv mashg‘ulotlar, loyihaviy ishlar, aksiyalar, rolli o‘yinlar va dramatizatsiya kabi shakllar – ko‘rib chiqilgan. Maqolada event texnologiyasini yuqori sinflarda tarbiya jarayoniga samarali joriy etishning metodik tavsiyalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning amaliy ahamiyati pedagogik amaliyotda tarbiya darslarini modernizatsiya qilish va ularning samaradorligini oshirishda keng qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, maqola innovatsion pedagogik yondashuvlarni tatbiq etish orqali o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan strategiyalarni aniqlashga yordam beradi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references