Skip to main content
Other

"TARIXIY ROMANLARDA TABIB OBRAZINING TASVIRLANISHI ("Koʻhna dunyo" va "Ibn Sino" romanlari misolida)"

Uktamova Shohinaxon Dilmurodjon qiziFarg'ona Davlat Universiteti 1-bosqich magistrantiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
Open MINDrepository2026
ABI

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek tarixiy romanlarida tabib obrazining badiiy talqini Odil Yoqubovning “Ko‘hna dunyo” hamda Maqsud Qoriyevning “Ibn Sino” romanlari misolida ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqot markazida Abu Ali ibn Sinoning tarixiy shaxs sifatidagi prototipi asosida yaratilgan badiiy timsol turadi. Asarda tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimaning o‘zaro uyg‘unligi, prototipli obraz yaratish tamoyillari hamda yozuvchilarning individual ijodiy uslubi yoritiladi. Tabib obrazining shakllanishida badiiy psixologizm, psixofiziologik holatlar, ichki monolog, peyzaj va badiiy detal kabi poetik vositalarning o‘rni atroflicha tahlil qilinadi. Maqolada tabib shaxsi orqali ilmga sadoqat, insonparvarlik, axloqiy mas’uliyat va kasbiy burch masalalari ochib beriladi. Tadqiqot natijasida har ikki roman muallifi tomonidan tabib obrazi nafaqat tarixiy shaxs timsoli, balki yuksak ma’naviy qadriyatlarni mujassam etgan badiiy ideal sifatida talqin qilingani ilmiy asosda xulosalanadi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references