IPAKNI QAYTA ISHLOVCHI KORXONALAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING IQTISODIY AFZALLIKLARI
Abstract
Ushbu maqolada ipakni qayta ishlovchi korxonalar faoliyatini takomillashtirishning iqtisodiy vazifalari bo‘yicha tajribalar, ipakni qayta ishlovchi texnologiyalari bo‘yicha xulosalar va o‘tkazilgan xalqaro tajribalar yoritilgan. Ipak ipining gigiyenik tozaligi, tabiyligi va qo‘llash soxalari haqida ma’lumotlar jamlangan. Hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish hamda resurslardan samarali foydalanish orqali mahsulot tannarxini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va raqobatbardosh ipak mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, innovatsion boshqaruv yondashuvlari va investitsion faoliyatni faollashtirishning korxonalar moliyaviy barqarorligiga ta’siri asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari ipakchilik sanoatini rivojlantirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda milliy iqtisodiyotda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ulushini oshirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.