Skip to main content
Other

KRAUDFANDING VA P2P KREDITLASHNING MOLIYAVIY XIZMATLAR BOZORINING RIVOJLANISHI

Nurullayev Uyg'un Taxir o'g'liO'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistrantiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
Open MINDrepository2026
ABI

Abstract

Mazkur tadqiqotda kraudfandingni investitsiya faoliyatining innovatsion shakli sifatida huquqiy tartibga solish va uni ommalashtirish masalalari kompleks tahlil qilingan. Xususan, AQSH qonunchiligida 2012-yilda qabul qilingan JOBS Act qonuni misolida kraudfandingni institusionallashtirish jarayoni, shuningdek, Kickstarter kabi yirik xalqaro platformalar faoliyatining o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Yevropa mamlakatlari, ayniqsa Buyuk Britaniyada kraudfanding orqali investitsiya jalb etish amaliyoti tahlil qilinib, uning iqtisodiy samaradorligi ochib berilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida kraudfandingni huquqiy tartibga solish holati, mavjud normativ-huquqiy baza, amalga oshirilgan islohotlar va amaliyotdagi muammolar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda kraudfandingning nazariy asoslari, uning iqtisodiy, institusional va ijtimoiy ahamiyati xorijiy olimlar qarashlari asosida yoritilgan hamda kraudfandingga mualliflik ta’rifi taklif etilgan. Shuningdek, kraudfandingning asosiy modellari va turlari tizimlashtirilib, ularning qo‘llanilish xususiyatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda kraudfandingni rivojlantirish va huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish uchun nazariy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references