NOBARQAROR IQTISODIY VAZIYATDA MOLIYAVIY RISKLARDAN HIMOYALANISH
Abstract
Mazkur bo‘limda noaniqlik va risk tushunchalarining nazariy mazmuni, ularning iqtisodiy qarorlar qabul qilish jarayonidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Riskning obektiv va subektiv ehtimolliklar bilan bog‘liqligi, alternativ tanlov sharoitida namoyon bo‘lishi hamda noaniqlikni qisman bartaraf etish vositasi sifatidagi xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, riskning asosiy elementlari va muhim hislatlari - qarama-qarshilik, muqobillik va noaniqlik batafsil ochib berilgan. Moliyaviy risklarning mazmuni, ularning toza va spekulyativ turlari, kredit, foiz, valyuta hamda boy berilgan foyda risklari yoritilib, riskni boshqarish va kamaytirish usullari (diversifikatsiya, sug‘urtalash, limitlash va axborotdan foydalanish) ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.