QANDLI DIABETNI RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA QOʻLLANILADIGAN PREPARATLAR
Abstract
Ushbu maqolada ta'kidlanishicha, kasallikning dinamik rivojlanishi odatda to‘rtta asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi: kompanseerlangan (giperinsulinemiya bilan kechadigan), subkompanseerlangan (yashirin), ochiq (dekompanseerlangan) va og‘ir (murakkablashgan) bosqichlar. Har bir bosqich o‘ziga xos metabolik o‘zgarishlar, beta-hujayralar funksiyasining pasayishi darajasi va klinik belgilar bilan tavsiflanadi. Boshlang‘ich bosqichlarda insulin rezistentligi hukmron bo‘lsa, keyingi bosqichlarda progressiv beta-hujayralar yetishmovchiligi ustunlik qiladi, bu esa davolash strategiyasini tubdan o‘zgartirishni talab qiladi.Ushbu maqolada har bir klinik bosqichga mos dori terapiyasi prinsiplari batafsil yoritilgan. Birinli bosqichda hayot tarzini o‘zgartirish bilan birga metformin birinchi navbatdagi tanlov sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasallik rivojlanishi bilan birga ikki va undan ortiq dori kombinatsiyasi zarurati paydo bo‘lishi, bunda endi nafaqat glikemik nazorat, balki kardiovaskular va buyrak himoyasi (SGLT2 ingibitorlari va GLP-1 agonistlari), giperglikemiya xavfini minimallashtirish (DPP-4 ingibitorlari) yoki tez va kuchli insulin ajratilishini rag‘batlantirish (sulfonil mochevina hosilalari) kabi qo‘shimcha maqsadlar ham e‘tiborga olinishi ta‘kidlanadi.Ushbu maqolada shuningdek, insulin terapiyasining o‘rni va uning boshlanishi uchun dolzarb bo‘lgan indikatsiyalar (og‘ir dekompensatsiya, og‘iz orqali qabul qilinadigan preparatlarga etarlisicha javob bermaslik, og‘ir organik asoratlar, o‘tkir holatlar) alohida ajratib ko‘rsatilgan. Zamonaviy davolash yondashuvi bemorning yoshi, yurak-qon tomir xavfi, buyrak funksiyasi, yon kasalliklar va individual rejalashtirilgan maqsadlar (masalan, vazn nazorati) asosida har bir bemor uchun shaxsiylashtirilgan terapiya rejasini ishlab chiqish zarurligini ta’kidlaydi.Ushbu maqoladan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, qandli diabet tip 2 ning muvaffaqiyatli va xavfsiz boshqarilishi uning patogenezini va tabiiy rivojlanish bosqichlarini chugur tushunishni, shuningdek, har bir bosqich uchun dalillar asosida tasdiqlangan va kelajakdagi asoratlar xavfini minimallashtiradigan dori vositalarini maqsadli qo‘llashni talab qiladi.