Skip to main content
Other

ICHKI NAZORAT VA AUDIT TIZIMI SAMARADORLIGINING EMPERIK TADQIQOTI

Madjidova Naima RustamovnaO'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistrantiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
Open MINDrepository2026
ABI

Abstract

Mazkur tadqiqotda byudjet tashkilotlarida, xususan ta’lim muassasalarida moliyaviy nazorat va ichki audit tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan empirik tadqiqotlar tizimli ravishda tahlil qilingan. Ilmiy ishda O‘zbekiston ta’lim muassasalarida ichki audit samaradorligi, uning moliyaviy intizom, byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi, korrupsiya xavfini kamaytirish hamda moliyaviy barqarorlikka ta’siri turli empirik tadqiqotlar natijalari asosida yoritilgan. Tahlil jarayonida ichki audit samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan, audit bo‘limlarining mustaqilligi, auditorlarning malakasi, audit metodologiyasi, axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi va audit natijalaridan boshqaruv qarorlarida foydalanish amaliyoti aniqlangan. Shuningdek, xalqaro tajriba va raqamli texnologiyalarni joriy etishning ichki audit samaradorligini oshirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot xulosalari ta’lim muassasalarida ichki audit tizimini kompleks ravishda takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references