ICHKI VA TASHQI AUDIT JARAYONIDA BUXGALTERIYA XISOBINING ROLI
Abstract
Mazkur maqolada ichki va tashqi audit jarayonlarida buxgalteriya hisobining tutgan o‘rni, ahamiyati hamda funksional vazifalari kompleks tarzda yoritilgan. Tadqiqot davomida buxgalteriya hisobi audit jarayonining axborot bazasi sifatidagi roli, moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlashdagi o‘rni hamda auditorlik xulosalarining shakllanishiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, ichki auditda buxgalteriya hisobi orqali boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini oshirish, tashqi auditda esa moliyaviy intizom va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada amaldagi buxgalteriya hisobi tizimi va audit amaliyoti o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ochib berilib, ularning uyg‘unlashuvi korxona moliyaviy barqarorligini mustahkamlashdagi muhim omil sifatida asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari buxgalteriya hisobi va audit tizimini takomillashtirishga doir ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.