MOLIYAVIY KO'RSATKICHLARNI TAHLIL QILISHDA BUXGALTERIYA XISOBINING AHAMIYATI
Abstract
Moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish korxona faoliyatining samaradorligini aniqlashda muhim vosita hisoblanadi. Ushbu maqolada moliyaviy ko‘rsatkichlarni baholash jarayonida buxgalteriya xisobining roli, uning to‘g‘ri va tizimli yuritilishi orqali olingan ma’lumotlarning ishonchliligi va samaradorligi tahlil qilinadi. Buxgalteriya xisobi ma’lumotlari moliyaviy hisobotlar, likvidlik, rentabellik va moliyaviy barqarorlik kabi ko‘rsatkichlarni aniqlashda asosiy manba sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birga, maqolada moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish metodlari, ularning korxona boshqaruviga qo‘shadigan qiymati va qarorlar qabul qilish jarayonidagi ahamiyati muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, buxgalteriya xisobi ma’lumotlarining to‘liq va aniq yuritilishi moliyaviy tahlil sifatini oshiradi hamda strategik rejalashtirish va resurslarni samarali boshqarishga imkon yaratadi.