T.E. LOURENSNING "DONISHMANDLIKNING YETTI USTUNI" ASARIDA SHARQ OBRAZI VA MUSTAMLAKACHI DISKURS
Abstract
Mazkur maqolada Tomas Edvard Lourensning “Donishmandlikning yetti ustuni” asarida Sharq, xususan arab xalqi va makonining tasvirlanishi postkolonial adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda muallifning Sharqni idrok etish jarayoni, uning ideologik qarashlari va mustamlakachi tafakkur bilan bog‘liq stereotiplari ochib beriladi. Edvard Saidning “orientalizm” konsepsiyasiga tayangan holda Lourens asaridagi arab shaharlari, cho‘l makoni va mahalliy aholining tasvirlari diskursiv tahlil qilinadi. Maqolada muallifning o‘zini “qutqaruvchi qahramon” sifatida legitimlashtirishga intilishi, G‘arb ustunligi va “Oq tanlining yuki” g‘oyasining adabiy matndagi ifodasi yoritiladi. Shuningdek, asarda Sharqning siyosiy, madaniy va ma’naviy jihatdan past darajada tasvirlanishi G‘arb mustamlakachilik strategiyasining badiiy ifodasi sifatida talqin qilinadi. Tadqiqot natijalari “Donishmandlikning yetti ustuni” nafaqat tarixiy xotira, balki ideologik va siyosiy diskurs mahsuli ekanligini ko‘rsatadi.