KRIPTOVALYUTALARNING GLOBAL IQTISODIYOTDAGI ROLINI BAHOLASH MUAMMOLARI
Abstract
Mazkur maqolada kriptovalyutalar va blokcheyn texnologiyasining iqtisodiy mohiyati, rivojlanish bosqichlari hamda jahon moliyaviy tizimidagi o‘rni kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda Bitcoin, Ethereum, Ripple va boshqa yetakchi kriptovalyutalarning o‘ziga xos xususiyatlari, ishlash mexanizmlari va bozordagi roli ochib berilgan. Shuningdek, AQSH, Kanada, Yaponiya va Yevropa davlatlarida kriptovalyutalarni huquqiy tartibga solish tajribasi qiyosiy tahlil qilinib, virtual moliyaga nisbatan turli yondashuvlar ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada kriptovalyutalarning detsentralizatsiya, anonimlik, mayning mexanizmlari hamda Proof-of-Work va Proof-of-Stake modellarining iqtisodiy ahamiyati yoritilgan. Shu bilan birga, kriptovalyutalardan foydalanish bilan bog‘liq moliyaviy xavflar, spekulyativ xarakter, huquqiy aniqlikning yetishmasligi va jinoiy faoliyat bilan bog‘liq tahdidlar ham tahlil qilingan. Muallif tomonidan kriptovalyutalarni qonuniy tartibga solish, ularning huquqiy maqomini belgilash hamda davlat nazorati mexanizmlarini joriy etish zarurligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, moliyaviy tizimni modernizatsiya qilish va virtual moliyadan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.