Skip to main content
Other

O'ZBEKISTONDA O'LIM KO'RSATKICHLARI TENDENSIYALARINI TAHLIL QILISH VA PROGNOZLASHDA AKTUAR MODELLARDAN FOYDALANISH

Xayitboyeva Sanobar Muxtorbek qiziAbu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat Universiteti magistrantiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida o‘lim ko‘rsatkichlarining vaqt bo‘yicha shakllanish tendensiyalari chuqur tahlil qilinib, ularni prognozlashda aktuar modellardan foydalanish masalalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida rasmiy statistik ma’lumotlar asosida demografik ko‘rsatkichlarning dinamikasi o‘rganildi hamda hayot jadvali, Markov jarayonlari va Cox nisbiy xatarlar modeli kabi zamonaviy aktuar yondashuvlar qo‘llanildi. O‘lim ko‘rsatkichlariga yosh, jins va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta’siri baholanib, kelgusi yillar uchun bashoratli hisob-kitoblar amalga oshirildi. Olingan natijalar sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, ijtimoiy sug‘urta va pensiya tizimini ilmiy asosda rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalari aktuar modellarning demografik jarayonlarni tahlil qilish va prognozlashdagi yuqori samaradorligini tasdiqlaydi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references