Skip to main content
Other

MILLIY MA'NAVIYAT VA GLOBAL TENDENSIYALAR: ZIDDIYATLAR VA UYG'UNLIK

Zoxidova Shahlo Sodiqjon qiziNamangan davlat pedagogika instituti magistriWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Ushbu maqolada milliy ma'naviyat va global tendensiyalar o‘rtasidagi murakkab munosabatlar falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Globallashuv jarayoni milliy ma'naviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishda muhim imkoniyatlar yaratishi bilan birga, bir qator ziddiyatli vaziyatlarni ham keltirib chiqaradi. Maqolada milliy ma'naviyatning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo‘lgan tarixiy, madaniy va ijtimoiy omillar ko‘rib chiqilib, ularning global madaniyat bilan kesishuv nuqtalari aniqlangan. Global tendensiyalar ko‘pincha texnologik taraqqiyot, iqtisodiy integratsiya va madaniy xilma-xillikni ta'minlashni maqsad qilsa-da, ular milliy ma'naviy qadriyatlarning yo‘qolishi xavfini ham tug‘diradi. Maqolada globallashuvning ijobiy va salbiy ta'siri tahlil qilinib, milliy o‘zlikni saqlab qolish bilan birga global rivojlanishga moslashishning falsafiy asoslari o‘rganilgan. Shu nuqtai nazardan, milliy ma'naviyatni kuchaytirish uchun ta'lim, madaniyat, din va boshqa ijtimoiy institutlarning roli muhokama qilinadi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references