BUXORO VILOYATIDAGI NOYOB VA YO'QOLIB BORAYOTGAN TURLARNING BIOEKOLOGIYASI (SUV XAVZALARI MISOLIDA)
Abstract
Mazkur ilmiy-tahliliy maqolada Buxoro viloyati suv havzalari misolida noyob va yo‘qolib borayotgan turlarning bioekologik xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida suv havzalarining gidrologik rejimi, suv sifati, antropogen omillar hamda iqlim o‘zgarishining biologik xilma-xillikka ta’siri tahlil qilindi. Olingan natijalar suv resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish, kollektor-drenaj suvlarining ta’siri va suv havzalarining qisqarishi ayrim turlar populyatsiyasining kamayishiga olib kelayotganini ko‘rsatdi. Shuningdek, noyob va yo‘qolib borayotgan turlarning yashash muhiti bilan kuchli bog‘liqligi aniqlanib, ularni muhofaza qilishda kompleks va hududiy yondashuv zarurligi asoslab berildi. Tadqiqot natijalari ekologik monitoringni takomillashtirish va biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.